Maktabimizda buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan «Navoiyxonlik», o‘ziga xos shoir, tarixnavis va yirik davlat arbobi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunu munosabati bilan «Boburxonlik» kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida mutafakkirlarning hayoti va boy ijodiy merosi, uning o‘zbek adabiy tili rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida atroflicha so‘z yuritildi. O‘quvchilar tomonidan mutafakkirlarning g‘azal va ruboiylari ifodali o‘qib eshittirildi, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy va ma’naviy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish, buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.


