16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, turli millat va elat vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, o‘zaro hamjihatlik va do‘stlikning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan chiqishlar, fikr-mulohazalar va taqdimotlar tadbir mazmunini yanada boyitdi.
Zero, turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va hamjihatlik jamiyatimiz tinchligi va taraqqiyotining muhim garovidir!


