To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida 7 qadam metodologiyasi bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda maktab koordinatori Q. Umarov, Eko-qo‘mita a’zolari hamda o‘quvchilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida Eco-Schools dasturining maqsad va vazifalari, 7 qadam metodologiyasining har bir bosqichi, ekologik audit o‘tkazish, harakatlar rejasini ishlab chiqish, natijalarni monitoring qilish hamda ekologik kodeks yaratish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning ekologik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, chiqindilarni kamaytirish va saralash, suv va energiyani tejash, maktab hududini yanada yashillashtirish bo‘yicha fikr va takliflar muhokama qilindi.


