Bugun To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayramona kayfiyat hukm surdi.
Maktabimizning aziz ustozlari tongdanoq gullar va esdalik sovg‘alari bilan tantanali kutib olindi. Samimiy tabriklar, iliq tilaklar va ehtirom ustozlarimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, “Ustozimga maktub” loyihasi tashkil etildi. Loyiha doirasida o‘quvchilar o‘z ustozlariga qalb so‘zlari, samimiy tilaklari va minnatdorliklarini maktub orqali ifoda etdilar.


