Muhammadsharif So‘fizoda nomidagi Namangan viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Mening sevimli kitobim” shiori ostida tanlov o‘tkazildi.
Tanlovning 5–6–7-sinflar yo‘nalishi Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” asari asosida tashkil etildi.
Quvonarlisi, To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Yusufjonov Behruzbek Yunusxon o‘g‘li o‘z bilim va kitobxonlik salohiyatini namoyon etib, tanlovda faxrli 1-O‘RINNI egalladi!

