2026-yil 2-sentyabr kuni To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etilgan tantanali tadbirda maktabimizning 39 nafar pedagogi, 417 nafar o‘quvchisi, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Vatan va Mustaqillikni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda raqslar namoyish etilib, barchaga bayramona kayfiyat ulashildi.
Jaranglagan “Birinchi qo‘ng‘iroq” esa o‘quvchilarimizni yangi bilimlar, yangi maqsadlar va yangi zafarlar sari chorlab, 2026–2027-o‘quv yiliga start berdi!
Yangi o‘quv yili maktabimiz jamoasi uchun yangi imkoniyatlar, ulkan yutuqlar va munosib zafarlar yili bo‘lsin!


