To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi uchun yana bir quvonchli va faxrli yangilik!
Joriy yilning 10–12-iyun kunlari “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida “Ma’naviyat yetakchisi” respublika tanlovining yakuniy bosqichi hamda seminar-treninglar tashkil etildi.
Tanlovda ishtirokchilar o‘zlarining kasbiy mahorati, liderlik salohiyati, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish tajribasi, kreativ va innovatsion yondashuvlari orqali o‘zaro bellashdilar.
Quvonarlisi, To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Umarov Qobiljon Abdug‘opporovich mazkur nufuzli respublika tanlovida 🥉 III o‘rinni qo‘lga kiritdi.
“Ma’naviyat yetakchisi” respublika tanlovi g‘oliblari:
I o‘rin — Rustamova Rushana Baxramjonovna — Andijon shahridagi Prezident maktabi;
II o‘rin — Begmuratova Zoya Asamaddinovna — Nukus shahridagi Prezident maktabi;
III o‘rin — Umarov Qobiljon Abdug‘opporovich — To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.
Mazkur natija — nafaqat shaxsiy yutuq, balki maktabimiz jamoasining ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi izchil mehnati, yangicha tashabbuslari va hamjihatligining e’tirofidir.
Tanlov doirasida o‘tkazilgan seminar-treninglarda zamonaviy liderlik, notiqlik san’ati, volontyorlik faoliyati hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha qimmatli bilim va tajribalar olindi.
Biz uchun bu natija — yakun emas, yangi marralar sari boshlanishdir!

