To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Yangi yil bayrami munosabati bilan mazmunli va ko‘tarinki ruhdagi bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilarning sahna ko‘rinishlari, quvnoq chiqishlari, she’r va kuy-qo‘shiqlari bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Bayram tadbirida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlari, sahna madaniyati va jamoaviy faolligi yaqqol namoyon bo‘ldi. Tadbiring asosiy maqsadi — yosh avlodda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bayramona kayfiyat ulashishdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha rag‘batlantirildi. Ushbu bayram barchada unutilmas taassurot qoldirib, Yangi yilga bo‘lgan ishonch va ezgu umidlarni yanada mustahkamladi.


