Bugun To’raqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabda ko‘tarinki ruhda Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlandi. Tadbir davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimiz o‘z aksini topdi.
O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, milliy raqslar va kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Navro‘z – bu nafaqat bahor faslining boshlanishi, balki qalblarda mehr-oqibat, yangilanish va ezgulik timsolidir.
Barchangizni Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz! Yurtimizga tinchlik, xonadonlarimizga fayzu baraka tilaymiz!


