![](https://ttim.uz/wp-content/uploads/2024/04/pedagog-maqomi-1024x576.jpg)
Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuni 2024-yilning 1-fevral kunidan kuchga kirgan munosabati bilan joriy yilning 9-mart kuni direktor huzurida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi, yig‘ilishda qonunni xodimlar eʼtiboriga yetkazildi, shuningdek, uning matnidagi normalarning mohiyati va ahamiyatini tushuntirilib, pedagoglarni biron-bir shaklda mehnatga maʼmuriy tarzda majburlash, shuningdek, pedagogning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki uning oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻlishi haqida batafsil gapirib o‘tildi.
Shuningdek, pedagogning kasbiy faoliyatiga aralashish, uning faoliyatini asossiz ravishda tekshirish, pedagog tomonidan taʼlim oluvchilarning bilimlarini toʻgʻri va xolis baholashga taʼsir koʻrsatish, shuningdek, unga oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishga toʻsqinlik qilish holatlariga yoʻl qoʻyilmasligi, pedagogni kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilinmasligi, pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli boʻlmagan hisobot va boshqa maʼlumotlarni, shu jumladan, aholining soliqlar, kommunal toʻlovlar, kreditlar va boshqa qarzdorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, bitiruvchilarning bandligi taʼminlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilinmasligi, pedagoglarning ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablagʻ ushlab qolish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi haqida gapirib o‘tildi. Qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.