To’raqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan bugun 12-yanvar kuni Namangan viloyati Davlatobod tumanida joylashgan 7254-sonli harbiy qismning bir guruh ofitser va serjantlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati savol-javob ko’rinishida tashkil etilib, o’quvchi va o’qituvchilar o’zlari uchun qiziqarli bo’lgan savollarga javoblar olishdi. O’ylaymizki davra suhbati o’quvchilarimizda vatanga muhabbat va vatanparvarlik tuyg’ularini yanada oshiradi.
