Toʻraqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh faol oʻquvchilari targʻibotchi R.Voxidova rahbarligida Ibrat muzeyida boʻlishdi.Ular muzeydagi eksponatlar bilan tanishar ekanlar,Ibrat bobomizning hayot yoʻllari,ijodiy faoliyati,yaratgan asarlari,olib kelgan yangiliklari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega boʻldilar.Shu bilan birga mustaqillik yoʻlida jon fido qilgan jadidlar haqidagi bilimlarini ham yanada boyitdilar.