Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish uchun Ixtisoslashtirilgan Taʼlim Muassasalari Agentligi tasarrufidagi Toʻraqoʻrgʻon tuman Ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh o’quvchilari Davlatobod tumanidan joylashgan «Yangi Oʻzbekiston ziyo maskani» ga tashrif buyurishdi. Maktab maslahatchisi A.Abduraxmonov tomonidan u yerda yaratilgan sharoit va kitoblar haqida o’quvchilarga ma’lumot berildi.
