To’raqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida «Ilm – eng buyuk sharaf!» shiori ostida «Soʻnggi qoʻngʻiroq» tadbiri boʻlib oʻtdi.Bayram tadbirida bitiruvchilar va iqtidorli o’quvchilar tomonidan tayyorlangan bayram tabrigi, Vatanimizni madh etuvchi she’rlar, ajoyib qo’shiq va raqslar ijro etildi. Tadbir davomida yil davomida bilimi, tartib-intizomi bilan tengdoshlariga o’rnak bo’lib kelgan o’quvchilar, olimpiada va tanlovlar g’oliblari, fidoiy ustozlar maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida «Soʻnggi qoʻngʻiroq» jarangladi va qaldirg’ochlarga omad tilandi.



