Maktabgacha va maktab ta’Iimi vazirining “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish to‘g‘risida” 2025-yil 17-oktabrdagi 391-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Shu maqsadda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 62 ta umumta’lim maktabi direktorlarining ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida direktorlar o‘rtasida fikr almashildi, amaliy takliflar bildirildi hamda iqtidorli yoshlarni aniqlashda hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, maktabimizda imtihon orqali muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarning bugungi yutuqlari — ularni mehr bilan o‘qitgan ustozlar fidokorona mehnatining samarasidir.Maktab rahbariyati ustozlarning yosh avlod kelajagi uchun qilayotgan sa’y-harakatlarini yuksak qadrlab, ularni “Tashakkurnoma” bilan taqdirladi.
Doimiy ravishda maktabimiz pedagoglari tomonidan o’zlariga biriktirilgan umumta’lim maktablariga tashrif buyurib, 4- va 6-sinf o’quvchilarini ixtisoslashtirilgan maktablarga jalb qilish, maktabda yaratilgan sharoitlar hamda erishilgan yutuqlar bo’yicha tushunchalar berib borilmoqda.




Maktabga o’qishga kelinglar. Juda ham yaxshi maktab.